TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. ODKB mamlakatlarida chet el harbiylarining yuo‘lishi tashkilotda kelishilishi kerak bo‘lgan masaladir, yangi harbiy bazalarning paydo bo‘lishi Markaziy Osiyoda xavfsizlik manfaatlariga javob bermaydi, dedi RF TIV rahbari Sergey Lavrov.
"Markaziy Osiyo mamlakatlarining rejasi qandayligi to‘g‘risida ulardan (AQShdan) emas, balki ushbu mintaqaning tegishli mamlakatlaridan so‘rash kerak. Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga kelsak - Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, - (ular) Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti a’zolaridir. KXShTning har qanday a’zosi hududida chet el harbiylarining bo‘lib turishi, nizomga muvofiq, tashkilot nizomi doirasida kelishilishi kerak", - dedi Lavrov matbuot-anjumani davomida.
"Markaziy Osiyoda amerikaga tegishli yangi harbiy obyektning paydo bo‘lishi ushbu mintaqada xavfsizlik manfaatlariga javob beradi, deb o‘ylamayman", - deya qayd etdi RF TIV rahbari.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan hech biri tegishli maslahatlashuvlarni amalga o‘tkazish zarurati haqida KXShTga murojaat yo‘llamagan, deya ishora qildi Lavrov.
Markaziy Osiyoda AQSh bazalari paydo bo‘lishi istiqbollariga sharh berar ekan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mintaqaning u yoki bu davlati Shtatlar siyosati asiri bo‘lishdan manfaatdor ekanligiga shubha bildirdi.
AQSh administratsiyasi 1-maydan boshlab ittifoqdoshlar bilan muvofiq ravishda Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqarishni boshlagan va 11-sentabrga qadar bu jarayonni yakuniga yetkazishi haqida e’lon qilgan.