TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Muhsinxo‘ja Abdurahmonov O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi lavozimiga tayinlandi. Oliy Majlis Senatining Kengashining tegishli qarori qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
M.Abdurahmonov 1974-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U Chiko shahridagi Kaliforniya davlat universiteti (AQSh) va Otaru kommersiya universiteti (Yaponiya) bitiruvchisi.
U 2004—2006 yillarda "Coca Cola Ichimligi O’zbekiston" kompaniyasida menejer lavozimida ishlagan. Shuningdek, 2008−2018 yillarda "MTRUSTCo. Ltd" (Yaponiya) bosh direktori hamda 2018−2021 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
U mazkur tayinlovga qadar 2021-yildan Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.