Konor texnik nokaut bilan Poryega yengildi

Besh raundga mo‘ljallangan jang birinchi raundda to‘xtatildi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. AQShning Las-Vegas shahrida (Nevada shtati) Toshkent vaqti bilan 11-iyul tongida UFC 264 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy jangi irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Dastin Porye o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Besh raundga mo‘ljallangan jang birinchi raundda to‘xtatildi. Chunki Makgregorning oyog‘i sinib, jangni davom ettira olmadi. G‘alaba Porye hisobiga yozildi.
Bu raqiblarning uchinchi jangi edi. Birinchisi 2014-yilda Konor Makgregor g‘alabasi bilan yakunlangandi. 2021-yil yanvarida Porye nokuat bilan o‘z qasosini olgandi. Uchinchi jangda ham amerikalik texnik g‘alaba bilan ustun keldi.