Vijdon erkinligi to‘g‘risidagi yangi qonunda 4ta asosiy ta’qiq bor – Akmal Saidov

Yangi qounda diniy partiyalar faoliyati va diniy da’vatchilik faoilyati ta’qiqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. “Vijdon erkinlii va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi yangi qonunda asosiy 4ta ta’qiq bor, dedi AOKAda bo‘lib o‘tgan qonun muhokamasi davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Akmal Saidov.
Yangi qonun milliy va xalqaro ekspertlar doirasida 11 marotaba muhokamad o‘tgan va unda faqat quyidagi 4ta ta’qiq saqlab qolingan:
1.
Missionerlik – ya’ni diniy da’vatchilik faoliyati;
2.
Prozeltizm – boshqa dindagilarni o‘z diniga o‘tkazishga urinish;
3.
Diniy partiyalar faoliyati;
4.
Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan diniy faoliyat (tashkilotlar);
Diniy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazmaslik borasida Akmal Saidov Tojikistonda 1990-yilda birinchi diniy partiya - Islom uyg‘onish partiyasi tuzilishi jamiyatning ikkiga bo‘linishiga olib kelganini (kommunistlar va islom e’tiqodi tarafdorlari) va bir necha yillik fuqaro urushi boshlanishiga sabab bo‘lganini misol keltirdi.
Qonunchilik palatasi spikeri so‘zlariga ko‘ra ushbu ta’qiqlarni kiritishlan oldin aksariyat davlatlar tajribasi, xalqaro tashkilotlar va mutaxassilar fikrlari o‘rganib chiqilganini va O‘zbekistonning ko‘p asrlik bag‘rikenglik an’analari, milliy urf-odatlari, ko‘p dinlik va ko‘p mazhablik turmush tarzi hisobga olinganini ta’kidladi.