TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Tojikiston shimolida sodir bo‘lgan yer qimirlashida 5 kishi qurbon bo‘ldi deb xabar qilmoqda FV qo‘mitasi raisi Umeda Yusufi, RIA Novosti xabariga asosan.
“Soat 07:14da sodir bo‘lgan yer qimirlashi episentri Dushanbedan 165km shimoli-sharqda, Rasht tumanidan 21 km sharqda joylashgan edi. Silkinish magnitudasi episentrda 6 ball, Dushanbeda – 3 ballni tashkil qildi”, - dedi Yusufi.
Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi raisining so‘zlariga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar Tojikobod tumani Langari Shox qishlog‘i aholisi.
Shuningdek, Rasht tumani Xodjborak jamoatida ikki nafar o‘smir yer qimirlashi oqibatida jarohat olgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yer qimirlashi oqibatda ikki qishloqdan 19ta uy zarar ko‘rgan. Prezident Emomali Rahmon topshirg‘iga ko‘ra, ushbu vaziyat yuzasidan bosh vazir raisligida maxsus komissiya tuzilgan va voqea joyiga yo‘l olgan.