TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva 9-iyul kuni Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi. Xalq so‘zi xabariga asosan.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning samarali faoliyatini, ikkala mamlakat parlamentlarining oliy darajada savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda erishgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘zaro hamkorligini ta’minlash hamda mintaqalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish muhimligini ta’kidladilar.
Oleg Malginov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlarni, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi jadal sur’tlarda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi.