TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. “Tolibon”* harakati siyosiy idorasining rasmiy vakili Muhammad Naimning so‘zlariga ko‘ra, toliblar Afg‘onistonning "butun hududida hukmronlik qilish" maqsadini qo‘yishmagan, ular muloqot orqali "o‘z hududini himoya qila oladigan mustaqil va erkin islom davlati tizimini" yaratishni istamoqda.
Tolibon vakili RIA Novosti bilan suhbatda mamlakatda saylovlar o‘tkazib bo‘lmasligini ko‘rsatganligini, Afg‘onistonda "sof islom hukumati" tuzish kerakligini va ular boshqa hech qanday tizimni qabul qilmasligini aytgandi.
"Biz kuchli barqaror islom hukumatini yaratmoqchimiz. Islom asosida yaratilgan hukumat, u ilohiyotchilarning bilimiga asoslangan alohida prinsiplar va ularni shakllantirish yo‘llariga ega", - dedi suhbatdosh.
“Tolibon" vakili aytishicha, ular qo‘shnilaridan Afg‘oniston ishlariga aralashmasliklarini so‘rashmoqda. Shu bilan birga, toliblar boshqa mamlakatlar bilan muzokaralar olib borishga va o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni muhokama qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
“Tolibon” vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurash olib boradi.
💣Amerikaliklar ketganidan keyin afg‘onistonliklar toliblarga 10 ming qurol-yarog‘ topshirishdi.
“Tolibon” jangarilari "Islom davlati"*ga qarshi kurash olib borayotganini va uni shimoliy hududlardan haydashga harakat qilmoqda.
💣Amerikaliklar ketganidan keyin afg‘onistonliklar toliblarga 10 ming qurol-yarog‘ topshirishdi.
“Tolibon” jangarilari "Islom davlati"*ga qarshi kurash olib borayotganini va uni shimoliy hududlardan haydashga harakat qilmoqda.
“Tolibon” Afg‘oniston hukumati bilan o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilmoqda.
* Rossiyada taqiqlangan harakat va tashkilot.