Tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma – chegarachi halok bo‘ldi

Tojik-qirg‘iz chegarasida yuz bergan otishmada Qirg‘iziston chegarachisi halok bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Tojik-qirg‘iz chegarasida yuz bergan otishmada Qirg‘iziston chegarachisi halok bo‘ldi.
27 yoshli Xusnidin Xojiyev halok bo‘ldi. O‘limi sabablari aniqlanmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tojik tomonidan ham halok bo‘lgan va yarador bo‘lganlar bor", deyilgan xabarda.
Hodisa joyiga Botken viloyati chegara boshqarmasi boshlig‘i Kiyalbek To‘lonboyev va kuch tuzilmalari rahbarlari kelishgan.
Qirg‘iziston va Tojikistonning chegara vakillari hodisani tekshirmoqda.
Kuni kecha soat 17.00 atrofida qirg‘iz-tojik cherasi Chashmagildan dovoni hududida qirg‘iz va tojik chegarachilari o‘rtasida otishma yuz berdi.