TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Namangan viloyati Davlatobod tumanidan 4 ta butun va 2 ta yarim yemirilgan bomba topildi, deb xabar bermoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.
"2021 yil 7-iyul kuni Namangan viloyati Davlatobod tumani "Yuksalish" mahalla fuqarolar yig‘ini Kushon sanoat hududidan 4 ta butun va 2 ta yarimta yemirilgan aviatsiya bombalari topildi, ushbu bombalarning artilleriya snaradi korroziyaga uchrab yemirilgan", - deyiladi xabarda.
Topilgan bombalar zararsizlantirilgani aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, ular maxsus o‘q otish poligoniga olib borilib, yo‘q qilingan.
Hududda kunlik navbatchilik tashkil etilib, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qidiruv-qutqaruv otradi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi va IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Namangan viloyati maxsus otradlari jalb etilgan, hozirda ushbu hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.