TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 482 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115 011nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (28), Andijon viloyatida (18), Buxoro viloyatida (13), Jizzax viloyatida (41), Qashqadaryo viloyatida (19), Navoiy viloyatida (12), Namangan viloyatida (23), Samarqand viloyatida (33), Sirdaryo viloyatida (19), Surxondaryo viloyatida (26), Farg‘ona viloyatida (32), Xorazm viloyatida (22), Toshkent viloyatida (49), Toshkent shahrida (147) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida 221 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 110 377 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
O‘lim holatlari
4 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 764 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 185,5 milliondan oshdi, 4,0 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,7 mln), Hindistonda (30,7 mln), Braziliyada (18,9 mln).