TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. “Tolibon”* jangarilari afg‘on-tojik chegarasida o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“5 iyul kuni Afg‘oniston hukumat kuchlarilarining chegara postini egallab olgan toliblar bugun ikki mamlakatni bog‘laydigan Panj darosidagi ko‘prikning o‘zlari tomonida, “Tem” tojik nazorat punktining qarshisida bayroq o‘rnatdi”, - deyilgan xabarda.
5 iyulga o‘tar kechasi Afg‘oniston chegarachilari o‘z punktlarini jangsiz “Tolibon”* harakatiga topshirgan. 312 nafar chegara qo‘riqchilari va harbiy xizmatchilar esa ushbu ko‘prikdan Tojikiston hududiga o‘tib ketgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti