Tojikiston afg‘on qochoqlarini qabul qilyapti – video

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati ma’muriyati afg‘on qochoqlarini qanday qarshi olayotganini ko‘rsatdi.
Sputnik
Viloyatning Facebook᾽dagi rasmiy sahifasida nashr qilingan videoda aytilishicha, Tojikiston chegarasini kesib o‘tgan 400 nafar afg‘onistonliklar uchun barcha zaruriy sharoitlar muhayyo qilingan. Qochoqlar xavfsiz joylarga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, afg‘on qochoqlarining asosiy qismini ayollar, bolalar va qariyalar tashkil etadi.
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatni nazorat qilmoqda – DXX
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon”* Afg‘oniston shimoli, Tojikiston bilan chegaradagi ayrim tumanlarini egallab olgan edi. Ikki hafta ichida Afg‘oniston hukumat kuchlarining 1500 nafarga yaqin harbiy xizmatchisi Tojikistonga chekingan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti