TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. DXX va IIB xodimlari Samarqand viloyati Ishtixon tumanida terrorchilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan guruh vakillarini qo‘lga oldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, bir guruh fuqarolar jamoat bo‘lib, internet orqali terror tashkilotlar g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan. Keyinchalik ular Turkiya orqali Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tezkor-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.