Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nodir Muslitdinov maktabgacha ta’lim vazirining yangi o‘rinbosari bo‘ldi. Bungacha u Moliya vazirligida faoliyat yuritgan.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Nodir Muslitdinov maktabgacha ta’lim vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Nodir Muslitdinov
Shodiyor Mamatkulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Nodir Muslitdinov bungacha u Moliya vazirligining Aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari tarmoqlarida budjet siyosati departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Nodir Muslimdinov 1977-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1999-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologik institutini tamomlagan
2001 yildan Moliya vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ishlay boshlagan. 2014-2016 yillarda Moliya vazirligi ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi Madaniyat va sportni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i, 2016-2017 yillarda Moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i muovini, 2017-2019 yillarda Moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2019-2020 yillarda Moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i kabi turli rahbar lavozimlarda ishlagan.