Davlat mulklarini “1 so‘m” qiymatda savdoga chiqarish amaliyoti bekor qilindi

Ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Prezidentning 8-iyuldagi 6258-son farmoni bilan ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, quyidagilar bekor qilindi:
- viloyat hokimlari tomonidan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish amaliyoti;
- davlat obyektlarini ijtimoiy majburiyatlar asosida “1 so‘m” boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqarish tartibi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekistonda 900 dan ortiq davlat mulki sotuvga qo‘yilishi va davlat mulklarini "1 so‘m" qiymatda savdoga chiqarish, yer uchastkalarini investitsiya majburiyati bilan sotish amaliyoti bekor qilinishi xabar qilingan edi.