O‘zbekiston ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish milliy strategiyasini tasdiqladi

Hozirgi vaqtda ekstremizm va terrorizm Markaziy Osiyoda asosiy tahdidlarlan biri bo‘lib qolmoqda va birinchi galdagi vazifalardan biri mintaqa davlatlari va xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirishni taqazo etadi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 1-iyuldagi farmoni bilan "2021−2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi" tasdiqlandi.
Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
- ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish maqsadida vatanlarvarlik, an’anaviy qadriyatlar va bag‘rikenglin mafkurasini targ‘ib qilish;
IIV ekstremistik guruhlarga qo‘shilib ketgan 10 nafar o‘zbekistonlikni qidiruvga berdi
- voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish;
- ayollar huquqlarini himoya qilish hamda ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish;
- uzoq muddat xorijda bulgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish;
- Internet jahon axborot tarmog‘idan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish;
- fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborotvositalarini ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga keng jalb qilish;
- ekstremistik va terrorchilik harakatlarini sodir etganlik hamda ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy ta’qib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish;
ShHT: maxsus xizmatlar 2-yillik terrorizmga qarshi kurashish dasturini ma’qullashdi
- ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ- huquqiy bazani takomillashtirish;
- ushbu sohadagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish.
O‘zbekiston ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashning muhimligini hisobga olib, quyidagilarni vazifalarni amalga oshirishni muhim deb hisoblaydi:
- ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
- diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, shuningdek, chet elga uzoq vaqtga ketayotgan hamda yashab kelayotgan fuqarolar bilan shug‘ullanuvchi boshqa idoralarning kadrlar salohiyati va resurslarini mustahkamlash;
- boshqa davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish.
Hozirgi vaqtda ekstremizm va terrorizm xalqaro xavfsizlikka, shu jumladan Markaziy Osiyoda asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Novosibirskda MDH fuqarosi terrorchilikni moliyalashtirgani uchun 8,5 yilga qamaldi
"O‘zbekiston Respublikasi har tomonlama o‘ylangan tinchliksevar, pragmatik va izchil tashqi siyosatni olib borib, ekstremizm va terrorizmning umumiy tahdidlariga qarshi kurashishda barcha davlatlar bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ochiqdir", - deyiladi milliy strategiya matnida.
So‘nggi 4-yil davomida ekstremizm va terrorizmga aloqadorligi sababli ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan 2 ming nafardan ortiq shaxslar afv etildi va 1,5 mingdan ziyod shaxslar jazoni o‘tash joylaridan ozod qilindi.
2017-2018 yillarda radikal diniy oqimlarning tarafdorlari deb hisoblangan yoki ularning ta’siri ostiga tushib qolgan 20 ming nafardan ortiq shaxslar huquqni muhofaza qilish idoralari hisobidan chiqarilgan.
2019-2021 yillarda "Mehr" dasturi doirasida Afg‘oniston, Suriya va Iroqda xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga adashib qo‘shilib qolgan 400 nafar xotin-qizlar va bolalar O‘zbekistonga qaytarilib, ularning ijtimoiy moslashuvi va reintegratsiyasi uchun har tomonlama yordam ko‘rsatildi.