Migrantlarga qanday yordam ko‘rsatilmoqda?

Chet eldagi 4 ming 210 nafar migrantga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 6 ming 29 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 249 ming 700 nafariga maslahat xizmatilari, 7 ming 742 nafariga ijtimoiy yordam, 4 ming 210 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi.
2 ming 684 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi.
Kaliningradda migrantlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanadi
144 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi.
Xorijda vafot etgan 218 nafar fuqaro jasadi olib kelindi.
160 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.
Og‘ir tan jarohati olgan 17 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi va vatanga qaytarildi.
Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 620 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi.