TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Migrantlar Moskvadagi 25 ta poliklinikada emlanishi mumkin.
Moskva meriyasining ma’lumotiga ko‘ra, 7-iyul, chorshanba kunidan boshlab chet el fuqarolari 25 ta Moskva poliklinikalarining pullik bo‘limlarida COVID-19ga qarshi emlanishi mumkin.
Bu emlash punktlari "faqat jismoniy shaxslar uchun, tashkillashtirilgan guruhlar emlanmaydi”, deb aniqlik kiritildi.
Xozirgi kunda Saxarovo migratsiya markazida, “Sadovod” bozori va Lujniki stadionida xorijiy fuqarolarini emlash ishlari olib borilmoqda. Bu yerda tashkillashtirilgan guruhlar emlanmoqda.