Kecha O‘zbekistonda 471 kishida kovid, 195 kishida pnevmoniya aniqlandi

️Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 758 nafarni tashkil qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Kecha O‘zbekistonda 471 nafar kishida koronavirus, 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.
2021 yil 6-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 114 039 (+471) nafarni tashkil etmoqda.
Pandemiyaning o‘ta xavfli bosqichi kirdi - BSST rahbari bayonoti
Yangi kasallanish holatlarining: eng ko‘pi (174 nafari) Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Bundan tashqari, kecha kun davomida 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida: 327 bemor sog‘ayib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 109 676 nafarga yetdi.
️Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 758 nafarni tashkil qildi.