TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Penza, Ufa va Chelyabinskda "Hizb ut-Tahrir al-Islomiy"* terrorchilik tashkilotining 4ta yacheykasini tor-mor qildi, 15 nafar guruh faol a’zolari qo‘lga olindi.
Ular orasida 4 nafari boshliq va 11 nafar faol a’zo - rossiyaliklar va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan fuqarolar.
Qo‘lga olingan shaxslar mahalliy musulmonlar va mehnat migrantlari orasida terrorizmni targ‘ibot qilishgan.
Terrorchilik guruh a’zolari istiqomat qilgan uyda Rossiyada taqiqlangan tashviqot materiallar topildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.