TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Tojikistonning KXShTdagi doimiy vakiliga ko‘ra, ikki hafta ichida Afg‘oniston hukumat kuchlarining 1500 nafarga yaqin harbiy xizmatchisi Tojikiston hududiga o‘tdi.
“Respublika Afg‘onistondan kelayotgan chaqiruvlarga yolg‘iz o‘zi bas kela olmaydi, KXShT a’zolarini yordam berishga chaqiramiz”, - dedi Tojikistonning KXShTdagi doimiy vakili.
5 iyul kuni toliblar bilan bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlar chog‘ida 1037 nafar Afg‘oniston hukumati harbiylari shaxsiy tarkibni saqlash qolish maqsadida Tojikiston hududiga chekingani haqida ma’lum qilingandi.
Qayd etilishicha, tojikistonlik chegarachilar insoniylik va ahil qo‘shnichilik tamoyillariga amal qilgan holda afg‘onistonlik harbiylarga o‘z hududiga o‘tishga ruxsat bergan.
Eslatib o‘tamiz, Dushanbeda 13-14 iyul kunlari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun ShHT davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.