To‘y va marosimlarni o‘tkazishda cheklov kiritildi

Tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish kerak.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 1-avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilandi. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.
To‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.
Marosimlar yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar ishtirokida o‘tkazilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1-aprelidan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishi belgilangan edi.
O‘zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatilmoqda