Shvetsiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

Qashqadaryolik I.K 2021-yilning fevral oyida Shvetsiya davlatiga ishlash uchun borib, 20-iyun kuni salomatligi yomonlashib, vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Qashqadaryolik I.K 2021-yilning fevral oyida Shvetsiya davlatiga ishlash uchun borib, 20-iyun kuni salomatligi yomonlashib, vafot etdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, oila a’zolarining murojaatiga asosan, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bilan birgalikda marhumning jasadini Vatanga qaytarish yuzasidan tashkiliy-huquqiy ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekistonga o‘n oyda 568 nafar fuqaro jasadi olib kelindi
3 iyul kuni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga olib kelindi.
Joriy yilning 6 oyida xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vaqtda vafot etgan 218 nafar fuqarolarning jasadi vatanga qaytarildi.