TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 6-8 iyun kunlari havo harorati keskin ko‘tarilishi va ayrim hududlarda kunduzi +47...+48 darajagacha chiqishi prognoz qilingan. Bu Markaziy Osiyo hududlari ustida termik depressiya kuzatilishi hisobiga yuz beradi, deya xabar qilmoqda O‘zgidromet.
“Meteorologiyada termik depressiya bu — sinoptik jarayon bo‘lib, unda Yer yuzasida past frontsiz bosim maydoni hosil bo‘ladi, o‘rta troposferada esa iliq balandlik o‘rkachi (yopiq izobaralarga ega bo‘lmagan katta bosimli joy yoki mintaqa) rivojlanadi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, termik depressiya sinoptik holatning yaqqol ifoda etilgan yozgi turidir, u faqat iyun oyidan avgust oyigacha rivojlanadi va odatda 2-3 kun kuzatiladi, 4-7 kun davomiyligidagi vaziyatlari kamroq davom etadi. Lekin oxirgi paytlarda iqlim o‘zgarishi tufayli termik depressiyaning davomiyligi ortmoqda.
Termik depressiyaning to‘lishi sovuq kirib kelishi natijasida vujudga keladi. Yoz oylarida sovuq frontlarning kirib kelishi odatda yog‘ingarchiliksiz, bulutsiz bo‘ladi. Biroq front o‘tishi tez-tez changli bo‘ronlar bilan kuchli shamollarni hosil qiladi.