Lavrov Rossiya bilan kuch pozitsiyasidan muloqot qilishga urinishdan AQShni ogohlantirdi

Vashington Moskva bilan kuch pozitsiyadan muloqot qilishga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashini tushunishi kerak - Lavrov.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Vashington Moskva bilan kuch pozitsiyadan muloqot qilishga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashini tushunishi kerak, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Indoneziyaning “Rakyat Merdeka” gazetasiga bergan intervusida.
“Nodo‘stona harakatlarga qattiq va qat’iy javob beramiz”, - dedi vazir.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Jenevadagi sammitda Vladimir Putin barcha sohalarda natija faqat mutanosiblik asosida manfaatlarning o‘zaro maqbul muvozanatini topish orqali mumkinligini aniq ko‘rsatib berdi.
Diplomat ta’kidlashicha, muzokaralarda hech qanday e’tirozlar bo‘lmagan, biroq ulardan so‘ng darhol Vashington “ikki hissa ko‘p kuch bilan avvalgi "notatsiya"larni qo‘lga olib, Rossiyaga talablar qo‘yishni boshladi.
Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 16-iyun kuni Shveysariyada bo‘lib o‘tdi. Ikkala tomonning fikriga ko‘ra, u konstruktiv ruhda o‘tdi: davlat rahbarlari ba’zi masalalar bo‘yicha bir fikrga kelishdilar va strategik barqarorlik bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlashga kelishib oldilar.