6—8 iyulda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda.
Kunduz kunlari havo 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 44-46 darajagacha ko‘tariladi.
Ayrim joylarda 48 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilingan.
Poytaxt hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘ramoqda
Tirik jon borki o‘zini soyaga urmoqda, parrandalar ham bundan mustasno emas.
Uydan tashqarida bo‘lganda soyada yurish tavsiya qilinmoqda
Havo issiqligidan mayna og‘zini ochib nafas olmoqda.
Ko‘chalarga suv sepib, jazirama tafti qaytarilmoqda.
Favvoralar oldi odamlar bidan to‘lib toshgan.
SSV fuqarolarga havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan (och rangli) va keng tikilgan kiyimlarni kiyishni tavsiya qildi.
Ochiq suv havzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish taqiqlangan havzalarda cho‘milish qat’iyan man etiladi.
Fuqarolar anomal issiq iqlim kunlarida zarurat sezganda, 103 xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.
Toshkentda bolalar o‘z uylari oldida cho‘milishmoqda.
Hafta oxiriga kelib harorat pasayishi kutilmoqda.
Toshkentda jazirama
Jaziramada favvoralar fuqarolarning jonu dili