Emomali Rahmonning qaynonasi vafot etdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning qaynonasi Uzbekbi Asadulloyeva vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning qaynonasi Uzbekbi Asadulloyeva vafot etdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Bir necha kun oldin 88 yoshli Uzbekbi Asadulloyeva koronavirus alomatlari bilan Dushanbedagi Gastroenterologiya instituti huzuridagi Mansurov klinikasiga yotqizilgandi.
Rahmon chegaraga 20 ming harbiy xizmatchini safarbar etishni buyurdi
Asadulloyeva - mamlakatning birinchi xonimi Azizamox Asadulloyevaning va "Oriyenbank" raisi Hasan Asadullozodaning onasi.
Avvalroq, prezidentning qaynonasi bir necha kun o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparati ostida o‘tkazgani ma’lum bo‘lgan edi.
Uzbekbi Asadulloyeva Xatlon viloyatining Jaloliddin Balxiy (sobiq Kolxozobod) hududida yashagan edi.