Toshkentda “Matiz” ko‘prikdan tushib ketdi – video

Haydovchi Ohangaron shoh ko‘chasida boshqaruvni yo‘qotgan va ko‘prik chetidagi to‘siqqa borib urilgan.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Toshkent shahri Yashnobod tumanida “Matiz” avtomobili ko‘prikdan tushib ketdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi 4-iyul kuni soat 18:00 larda ro‘y bergan. 33 yoshli “Matiz” haydovchisi Ohangaron shoh ko‘chasida harakatlanayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va ko‘prik chetidagi to‘siqqa borib urilgan. So‘ngra yo‘lning pastdagi qatnov qismiga tushib ketgan.
Natijada haydovchi U.N. tan jarohati olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.