TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Afg‘oniston chegarasidagi vaziyat bo‘yicha Tojikiston Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazdi.
Afg‘onistonga qo‘shni hududlarga qo‘shimcha kuchlarni yuborish haqida buyruq berildi.
Prezident mamlakat mudofaa vaziriga Afg‘oniston bilan chegaraga 20 ming zaxira qo‘shinni safarbar etishni topshirdi.
Prezident davlat chegarasidagi barcha qonunbuzarliklarga e’tibor qaratish, transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm va narkotik moddalar savdosini oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Ilgariroq, Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegarasining 70 foizini nazorat qiluvchi “Tolibon”* qo‘shni davlat xavfsizligi va uning ishlariga aralashmaslik kafolatini berdi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.