Qarshida futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi - video

Jizzax "So‘g‘diyona" va Qarshi "Nasaf" klublari futbolchilari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Qarshida Jizzaxning "So‘g‘diyona" va Qarshining "Nasaf" klublari o‘yini vaqtida futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi.
Ta’kidlanishicha, o‘yin faqat 53-daqiqasida futbolchilar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. "Nasaf" futbolchisi Xusayn Norchayev birinchi to‘pni raqiblar darvozasiga yo‘lladi. 86-daqiqada "So‘g‘diyona" jamoasi futbolchilaridan biri gol uradi.
Biroq, VAR tizimi ko‘rib chiqilgandan so‘ng o‘yin qoidasi buzilishi qayd etildi. Xususan, jizzaxlik futbolchi "Nasaf" himoyachisidan to‘pni olib qo‘yish vaqtida uni tirsagi bilan uradi. Natijada gol hisobga olinmadi.
O‘yin qayta boshlangandan so‘ng "So‘g‘diyona" futbolchisi raqibga nisbatan qo‘pollik qiladi. Ikki jamoaning boshqa a’zolari ham janjalga qo‘shilishdi. Hakam 3 nafar futbolchini chetlatadi, ulardan ikki nafari "Nasaf" jamoasi himoyachilari.
Hodisaga qaramay o‘yin 1:0 hisobida "Nasaf" g‘alabasi bilan yakunlandi.