O‘zbekistonlik bokschilar Tokio Olimpiadasiga yo‘l oldi

Tokio Olimpiadasining boks bellashuvlari 24-iyul kuni boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Joriy yilning 23-iyul kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari boshlanadi. 4-iyul kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqalarda qatnashish uchun Tokioga jo‘nab ketdi.
Marat Qurbonov murabbiyligidagi o‘zbekistonlik bokschilar tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini uchta tarkib bilan Tokioning o‘zida olib borishadi.
O‘zbekiston boks terma jamoasi Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari bahslarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov;
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov;
-63 kg: Elnur Abduraimov;
-69 kg: Bobousmon Baturov;
-75 kg: Fanat Qahramonov;
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov;
-91 kg: Sanjar Tursunov;
+91 kg: Bahodir Jalolov.
Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova;
-60 kg: Rayhona Qodirova;
-69 kg: Shahnoza Yunusova.
Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasining boks bellashuvlari 24-iyul kuni boshlanadi.
Zarbdor jamoa: O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatida