O‘zbekistonga yana 40 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelindi

Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Bugun tunda yurtimizga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi”, - deyilgan xabarda.
1 iyun kuni bu vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti, 10-iyunda 70 ming dozalik 2-komponenti keltirilgan edi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlangan talabalarga kontrakt to‘lovida chegirma beriladi
Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).
Shunday qilib, respublikadagi “Sputnik V” vaksinasi zaxirasi 280 ming dozaga yetdi. Yaqin kunlarda vaksinaning navbatdagi 40 ming dozalik 2-komponenti olib kelinishi kutilmoqda.
Shunday qilib, jami vaksina zaxira 7 million 440 ming dozani tashkil qilmoqda.