O‘zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatilmoqda

Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muxlislarsiz o‘tkazishga ruxsat berildi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
"Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ochiq maydonlar yoki yopiq majmualarda bo‘lishidan qat’iy nazar, yurtimizda barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, sport musobaqalari, shuningdek, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to‘xtatilishi belgilandi", - deyiladi xabarda.
Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muxlislarsiz o‘tkazishga ruxsat berildi.
️Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 1-mayidan konsert-tomosha dasturlarini yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.