Moskvada o‘smirlar uchun “Sputnik V” tadqiqoti boshlandi

Tadqiqot Moskvadagi ikkita bolalar kasalxonasida olib boriladi. Birinchi va ikkinchi bosqichlar uchun 100 nafar ko‘ngilli saralab olingan.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Moskva shahrida 12 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining tadqiqoti boshlandi. Bu haqda shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova ma’lum qildi.
Gap tadqiqotning birinchi va ikkinchi bosqichlari haqida bormoqda. Tadqiqot shahardagi ikkita bolalar kasalxonasida olib boriladi. 100 nafar ko‘ngilli saralab olingan.
“Bugun birinchi ko‘ngillilarning tibbiy ko‘rigi boshlandi, unda kovidga PZR test topshirish shart”, - dedi Rakova. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Klinik tadqiqotlar Gamaleya markazi bilan birgalikda o‘tkazilmoqda. Tadqiqot qatnashchilari hozirda 18 yoshdan kattalar uchun qo‘llanilayotan “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanadi, lekin uning kamroq dozasi bilan. Tadqiqot bir yil davom etadi. Bu davr mobaynida bolalar shifokorlarning doimiy nazorati ostida bo‘lishadi.
Moskvada migrantlarni emlash punkti ochildi
Tadqiqotning uchinchi bosqichida 250 kishi qatnashadi. Ularni yoz oxirida saralab olish boshlanadi.
“Tadqiqot natijalariga ko‘ra o‘smirlarni yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash dasturiga kirish mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi”, - deya qo‘shimcha qildi amaldor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tez orada Moskvada o‘smirlar uchun “Sputnik V” vaksinasining tadqiqoti boshlanishi xabar qilingan edi.