“Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmi rejissori endi yo‘q: Vladimir Menshov vafot etdi

Rossiya xalq artisti Vladimir Menshov 82 yoshida vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Rossiya xalq artisti Vladimir Menshov 82 yoshida vafot etdi. Qayd etilishicha, u koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan oqibatlar tufayli olamdan ko‘z yumgan.
26 iyun kuni rejissor koronavirusga chalingani haqida ma’lum bo‘ldi.
Akter, rejissor Vladimir Menshov
Teatr, kino va televidenie aktori, kinorejissor, ssenarist, produser va teleboshlovchi rossiyalik Vladimir Menshov 1939-yil 17-sentabr kuni Bakuda tug‘ilgan.
1981 yilda Menshovning “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmi “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini olgan.
Vladimir Menshov 2018-yilda noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan PROlogue IV xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo‘lgan.