TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. "O‘zgidromet" ma’lumotiga ko‘ra, havo harorati kechalari 25-27o, kunduz kundari 41-43o, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 44-46o gacha bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8o ga yuqoridir.
Juma kunidan boshlab respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan deyarli salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi va issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi. Juma kuni kunduzgi harorat 37-40o gacha pasayadi va faqat janubiy hududlar bo‘yicha 42-44o ni tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston hududi bo‘yicha harorat payshanba kunidan pasayishni boshlaydi va juma kuni havo harorati 32-37o ni tashkil etadi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida haroratning pasayishi davom etadi.
Haftaning boshida va oxirida O‘zbekistonning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan mahalliy yomg‘ir yog‘ishi ehtimoldan holi emas, seyshanba kuni kechga tomon esa Toshkent viloyatining tekislik hududlari bo‘yicha biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Hafta davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.