TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. AQSh harbiylari Afg‘onistondagi eng katta aviabazani tark etdi.
Mahalliy harbiylar ushbu holat yuzasidan Sputnik Afg‘oniston muxbiriga izoh berishdi.
Bagram aviabazasi xavfsizlik xizmati boshlig‘i, harbiy politsiya qo‘mondoni, general Asadolloh Kuxistanining so‘zlariga ko‘ra, aviabazani topshirish mas’uliyatli va tinch o‘tdi. Bazada harbiy maqsadlarda foydalanish uchun ko‘plab narsalar qolgan.
“Milliy xavfsizlik kuchlari foydalanishi mumkin. Yaxshi jihozlangan shifoxona mavjud. Tibbiyot markazida Parvan viloyati va uning atrofidagi aholi davolanishi mumkin”, - deydi general.
Aviabazadan fuqarolik maqsadlarida foydalanish mumkin, 3ta uchish-qo‘nish yo‘lagi mavjud, ichki va xalqaro reyslarni amalga oshirish mumkin.
Texnika, ostavlennaya amerikansami posle uxoda s voyennoy bazi v Bagrame
© Sputnik
2-armiya brigadasi shtabi boshlig‘i, podpolkovnik Degarman Sami avibaza hududi nazoratga olinganini ma’lum qildi.
“NATO Bagramni tark etdi. Biz xabardor emas edik. Faqat bir soat ichida biz hududi ancha katta bo‘lgan aviabazani nazorat ostiga oldik va uni himoya qilishga tayyormiz", - dedi Sami.
Texnika, ostavlennaya amerikansami posle uxoda s voyennoy bazi v Bagrame
© Sputnik
Sputnik Afg‘oniston muxbiri AQSh va NATO harbiylarini Bagram aviabazasidan evakuatsiyasi qanday amalga oshirilganligi haqida gapirib berdi:
“AQSh qurolli kuchlari barcha texnika va jihozlarni qoldirib, samolyotga o‘tirib, o‘z mamlakatiga uchib ketdi. Ular Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan kelishishsiz bazani tark etishdi. Garchi harbiylar amerikaliklar tez orada Afg‘onistonni tark etishlari haqida xabar berishganini aytgan bo‘lsalar-da, aniq vaqtni aytishmadi. Juma kuni kechqurun soat 9 larda, 20-yil ichida ilk marta bazada elektr ta’minoti bir soat davomida o‘chirildi va baza qandaydir tutunga botdi. Shu tutunda samolyot osmonga ko‘tarilib, Amerika harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqib ketdi”, - deydi muxbir.
Afg‘oniston harbiylari ma’lumotlariga ko‘ra, bazada 30 ta tank, 50 ta zirhli texnika va 800 dan ortiq boshqa texnika tashlab ketilgan.
Texnika, ostavlennaya amerikansami posle uxoda s voyennoy bazi v Bagrame
© Sputnik