Uch yuzdan ziyod afg‘on harbiylari Tojikistonga qochib o‘tdi

Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi qator tumanlarni “Tolibon”* vakillari to‘liq egallab olgan.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Afg‘oniston harbiylari yana Tojikiston hududiga o‘tdi.
Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari ma’lumotlariga ko‘ra, 3-iyul kuni soat 18:30 larda Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi qator tumanlarni “Tolibon”* vakillari to‘liq egallab olgan. Shuningdek, toliblar to‘qnashuvlar chog‘ida Xohon tumanidagi “Ovez” chegara komendaturasini qo‘lga kiritgan.
"Tolibon" Ahmad Shox Mas’ud uyini egallab oldi
Qayd etilishicha, chekinish vaqtida shaxsiy tarkibni saqlash qolish maqsadida 300 nafardan ziyod Afg‘oniston hukumati kuchlari Tojikiston bilan chegarani kesib o‘tgan.
Tojikiston tomoni afg‘on harbiylarining chekinishiga monelik qilmagan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Afg‘on qozoni qaynamoqda – Markaziy Osiyo yomon vaziyatga hozirlanmoqda