Tojikistonda koronavirusga qarshi emlanish majburiy bo‘ldi

Qayd etilishicha, mamlakatda kasallikka qarshi emlash bepul amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Tojikistonda 18 yoshdan katta aholini koronavirusga qarshi emlash majburiy etib belgilandi. Yangi COVID-19 infeksiyasining tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika shtabi tegishli qarorni qabul qildi, deya yozadi Sputnik Tojikiston.
“Infeksiyaga qarshi emlanmagan fuqarolar oilaviy shifokor, shifoxona yoki poliklinikaga murojaat qilishi kerak”, - deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Qayd etilishicha, mamlakatda kasallikka qarshi emlash bepul amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Tojikistonga kiruvchilarga koronavirusga test topshirish va uning natijasidan qat’i nazar 10 kun davomida o‘zini yakkalash tavsiya qilingan.
Ozodbek Nazarbekov jonli efirda uzatilayotgan ko‘rsatuvda emlandi
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini 2021-yil 21-iyun kuni e’lon qilingan. Joriy yil yanvarida mamlakat kasallik ustidan batamom g‘alaba qozonganini e’lon qilgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda koronavirus yuqtirib olganlar soni 13 569 nafarga yetgan. Virus 92 kishining umiriga zomin bo‘lgan.
Tojikiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida aholini kovidga qarshi majburiy emlash to‘g‘risida qaror qilgan ikkinchi mamlakat bo‘ldi. Bunga qadar Qozog‘istonda ayrim soha vakillari uchun emlanish majburiy etib belgilangandi.