TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahridagi yangi bog‘da mamlakat birinchi prezidenti Elboshi Nursulton Nazarboyevning haykali ochildi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar qildi.
Tantanali ochilish marosimida mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev qatnashib, nutq so‘zladi.
V Nur-Sultane ustanovili pamatnik pervomu prezidentu Kazaxstana – Yelbasi Nursultanu Nazarbayevu.
Davlat rahbari har yili Poytaxt kuni arafasida shahar husniga husn qo‘shayotgan yangi majmualar barpo etilayotgani ta’kidladi. U o‘tgan yili Elboshi kutubxonasi muzeyi ochilgani, yonida ochilgan bog‘ esa shaharliklarning dam olish uchun xushmanzara joyiga aylanganini eslatdi.
“Aynan shuning uchun bu yerda bugun biz Elboshi Nursulton Abishevich Nazarboyevga sharafiga o‘rnatilgan tarixiy haykalni ochapmiz”, - dedi Toqayev.
Qozog‘iston yetakchisi Nazarboyev ko‘plab xalqaro tashabbuslarni bildirib, mamlakatni global siyosatning ilg‘or qatoriga olib chiqqani, butun dunyo uni buyuk siyosatchi, tarixiy shaxs sifatida bilishini qo‘shimcha qildi.