TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash guruhlariga talabalar ham kiritildi. Emlangan talabalarga kontrakt to‘lovida chegirma beriladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 18 yoshdan katta bo‘lgan Samarkand va Toshkent viloyati aholisini, shuningdek, imkoniyatdan kelib chiqib, boshqa hududlardagi 18 yoshdan katta aholi qatlamini o‘zlari biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida ixtiyoriy ravishda emlash belgilandi.
Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 18 yoshdan katta bo‘lgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura, klinik ordinatura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash belgilandi.
Bundan tashqari, koronavirusga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan to‘lov kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, 2021/2022 o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov kontarktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.