“Million dollarlar”: uch viloyatda yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Zangiota, Namangan viloyatining Kosonsoy va Farg‘ona viloyatining Quva tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Davlat xavfsizli xizmati (DXX) Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘ydi.
Toshkent viloyati
2018 yil Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimining qaroriga muvofiq ot sportiga ixtisoslashgan MChJga mehmonxona, kottejlar, otxona, veterinariya bloki, manej, ochiq va yopiq turdagi plas qurish uchun 25,4 gektar yer maydoni ajratiladi.
Mazkur MChJ ta’sischisi amalda hech qanday ish bajarmasdan, aksincha o‘zining makler tanishi bilan kelishgan holda ushbu yer maydonini boshqa bir fuqaroga 1,5 million dollarga sotishni rejalashtiradi.
Yer nazoratiga oid maxsus telegram-bot ishga tushdi
DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan puldan avans sifatida 700 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.
Boshqa bir holatda, viloyatning Zangiota va Toshkent tumanlarida istiqomat qiluvchi 3 nafar shaxs o‘zganing nomida bo‘lgan MChJga 2019-yil Zangiota tumani hokimi qarori bilan yuqori texnologik issiqxona qurish uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonining 1,5 gektarini boshqa bir fuqaroga rasmiylashtirib, egalik huquqini olib berish evaziga undan 150 ming dollar talab qilishadi.
Ular oldindan 60 ming dollar olgan vaqtlarida ushlangan.
Shuningdek, Zangiota tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs 2018-yil dehqonchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga mazkur tuman hokimining qarori asosida ajratilgan 35 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaroga 80 sotix, deya aldab, unga hokimiyat va kadastr idoralarida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali egalik huquqini olib berishini va’da qiladi. Buning uchun evaziga 160 ming dollar so‘ragan.
Jizzaxda tadbirkorga tegishli yerni 45 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
U so‘ralgan puldan 30 ming AQSh dollarini avans sifatida olgan vaqtida ushlandi.
Tezkor tadbirda maklerlik bilan shug‘ullanuvchi ikki nafar shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Xususan, ushbu fuqarolar mahalliy tadbirkorga Bo‘stonliq tumani "G‘azalkent" QFY hududidan o‘tuvchi Chirchiq darosi bo‘yidan tumandagi MChJlardan biriga qayiqlar to‘xtash joyi va tashrif buyuruvchilarga dam olish joyi yaratish uchun ajratilgan 1 gektar yerning sotilayotganligini aytib, 260 ming dollar evaziga mansabdor tanishlari orqali ushbu yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berishlarini bildirishadi.
Ular so‘ralgan puldan 20 ming AQSh dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Namagan viloyati
Bir vaqtning o‘zida Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan klaster bosh agronomi hamda paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligining ish boshqaruvchisi vazifalarida faoliyat yurituvchi shaxs o‘zganing ishonchiga kiradi. Unga issiqxona va dala do‘koni qurishi uchun mazkur fermer xo‘jaligi yer maydonidan 2,1 gektarni mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 55 ming dollar talab qiladi.
Hokim o‘rinbosari, soliq inspeksiyasi inspektorlari: mansabdorlar pora bilan ushlandi
U 45 ming dollar va 106 mln so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona viloyati Quva tumani hokimligining ikki nafar sobiq xodimlari andijonlik ikki fuqaroga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hududida joylashgan erkin iqtisodiy zonadan 6 gektar yer ajratib berish evaziga ulardan 28 ming dollar talab qilishadi.
Tezkor tadbirda firibgarlar 23 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.
Shuningdek, ular so‘ralgan puldan 5 ming dollarni muqaddam olganliklari ham ma’lum bo‘ldi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida esa ushbu shaxslar o‘zlarining noqonuniy ishlariga Quva tumani hokimligining investitsiya va tashqi savdo bo‘limi xodimini hamda 1977 y.t. mahalliy fuqaroni ham jalb etganliklari aniqlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hokimliklar ikki yil ichida 120 ming gektar yerni maqsadsiz bergan yoki talon-toroj qilgan