Filippinda harbiy samolyot halokatga uchrashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi

S-130 samolyoti Sulu viloyatidagi Xolo oroliga qo‘nishga urinish chog‘ida qulab tushgan.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Filippin janubi-g‘arbida harbiy samolyot halokatga uchradi. Buning oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy “Inquirer” portali qilmoqda, deya yozadi RIA Novosti.
Mamlakat mudofaa vaziri Delfin Lorenzananing so‘zlariga ko‘ra, samolyot bortida 92 kishi, jumladan, uch nafar uchuvchi va 5 nafar ekipajning boshqa a’zolari bo‘lgan.
S-130 samolyoti Sulu viloyatidagi Xolo oroliga qo‘nishga urinish chog‘ida qulab tushdi. Filippion Qurolli kuchlari shtabi boshlig‘i general Sirilito Sobexananing ma’lum qilishicha, havo kemasi uchish-qo‘nish yo‘lagiga tusha olmagan.