O‘zbekiston o‘zining birinchi AESini qurishga tayyor - MAGATE

O‘zbekiston o‘zining birinchi AESni qurishga tayyor - Xalqaro atom energiyasi agentligi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) ekspertlari respublikada atom elektr stansiyasini qurish uchun tanlangan joyni o‘rganib chiqishdi va barcha ishlar xavfsizlik talablariga javob beradi degan xulosaga kelishdi.
Abdukamilov: bitiruvchi-atomchilar darhol o‘zbek AESi pultiga yaqinlashtirilmaydi
12 kun ichida inspektorlar atom energetikasi dasturi uchun infratuzilmani rivojlantirish jarayonini har tomonlama baholashdi va ijobiy qaror qabul qilishdi. Shuningdek, ular O‘zbekistonga birinchi atom elektr stansiyasini qurishga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar berishdi.
"O‘zbekiston o‘zining yadro energetikasi infratuzilmasini rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishdi", - dedi MAGATE guruh rahbari Milko Kovachev.
Uranning katta zaxiralariga ega bo‘lgan respublika bu kabi obyektlarni ekspluatatsiya qilishda ustunlikka ega va AESning ishga tushirish mamlakat uchun katta yutuq bo‘ladi, degan fikrda MAGATE mutaxassislari.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil sentabr oyi boshida O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari respublika hududida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladilar. "Rosatom" davlat korporatsiyasi VVER-1200 reaktorlari bilan "3+" avlodi 2ta energiya bloklari kompleksini qurish rejalashtirdi.
O‘zbekistonda AES ishga tushsa boshqa respublikalarda ham qiziqish paydo bo‘ladi – ekspert
Stansiya qurish uchun Jizzax viloyatining Tuzkan ko‘li yaqinidagi joy tanlandi.
2019 yil fevral oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-2029 yillarda mamlakatda atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi. Hujjatda Rossiya hukumati krediti bilan 2022-yilda atom elektr stansiyasining qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan.