TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev u hozir barcha ishlardan chetlashishni istaydigan bir yoshda ekanligini, ammo nima sababdan bunday qila olmasligi haqida gapirdi.
"Rostini aytganda, meni yoshimda inson hamma narsadan chetlashishni istaydi, ammo bunday qila olmayman, nega deganda maktublar yozishadi, uchrashishni istashadi va shunday ekan, ishlashimga to‘g‘ri keladi, maktublar xalqaro miqyosda va o‘zimizdan keladi, bu yaxshi, albatta. Miya ishlashi uchun yana nima bilandir shug‘ullanish kerak… Biz shunday hayot kechiramizki, miyamizning yarmi ishlaydi, chap qo‘l bilan ishlashni boshlang - ikkinchi yarmi ham ishga tushadi", - dedi Nazarboyev "Portretga chizgilar" hujjatli filmi davomida. Film payshanba kuni mamlakatning "Xabar" davlat telekanali orqali namoyish etilgan.
Qozog‘istonni qariyb 30-yil davomida boshqargan Nazarboyev 2019-yilning 20-mart sanasida prezidentlik vakolatlarini o‘zidan sokit qilgan, ammo Xavfsizlik kengashi rahbari va "Nur Otan" hukumat partiyasi yetakchisi lavozimlarini saqlab qolgandi.
2021 yilning aprelida Nazarboyev Qozog‘iston xalqi Assambleyasi lavozimini tark etish va bu vakolatlarni respublikaning amaldagi rahbariga topshirish qarori haqida e’lon qildi. Nazarboyev ushbu organning faxriy raisi bo‘lib qoldi.