TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. 2021/2021 o‘quv yili uchun “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, ushbu ta’lim muassasasiga 2021/2021 o‘quv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat granti asosida 4 ta ta’lim yo‘nalishida jami 100 o‘rin miqdorida qabul kvotasi belgilandi.
Bular:
- Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi – 25 ta;
- Yadro fizikasi va texnologiyalari – 25 ta;
- Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi – 25 ta;
- Elektroenergetika va elektrotexnika – 25 ta.