Kaliningradda migrantlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanadi

Kaliningradda migrantlarga taksi, avtobus haydovchilari, qandolatchi, novvoy, o‘qituvchi va bog‘cha tarbiyalovchisi sifatida ishlashni taqiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Kaliningradda migrantlarga taksi, avtobus haydovchilari, qandolatchi, novvoy, o‘qituvchi va bog‘cha tarbiyalovchisi sifatida ishlashni taqiqladi.
Moskvadagi MMA turnirida migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi – video
Bu haqda tegishli farmonni Kaliningrad viloyati gubernatori Anton Alixanov imzoladi.
"Patent asosida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan chet el fuqarolarini xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan quyidagi iqtisodiy faoliyat turlariga jalb qilish bo‘yicha taqiq belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilaman: non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, bolalar ovqatlarini ishlab chiqarish, shahar va shahar atrofidagi transportda yo‘lovchilarni tashish", - deyilgan farmonda.
Taqiq 3 oydan keyin kuchga kiradi va bir yil davomida amal qiladi.