TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Tojikiston estrada xonandasi Farzonai Xurshed O‘zbekistonda jonli konsert berdi. Qo‘shiqchi bu haqda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Farzonai gastrol safari davomida olingan videoni joylashtirdi.
Xonanda o‘z postida konsert tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, iyunda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shni respublikaga tashrif buyurganda “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida o‘zbek va tojik san’at ustalari ishtirokida katta konsert bo‘lib o‘tgandi.