TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Sobiq ittifoq davlatlarining bir qancha bosh vazirlari va prezidentlari koronavirus infeksiyasidan himoya tariqasida Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini tanlashdi.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston rahbari Kasim-Jomart Tokayev, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Yelbasi Nursulton Nazarboyev va bosh vazir Askar Mamin, Belarus va Abxaziya hukumatlari rahbarlari Roman Golovchenko va Aleksandr Ankvab, shuningdek, Janubiy Osetiya prezidenti Anatoliy Bibilov "Sputnik V" vaksinasi bilan emlandi.
Rossiyaliklar orasida COVID-19 kasalligi bo‘yicha olingan tahlillar natijasi "Sputnik V" samaradorliligi 97,6 foizni tashkil qilishini ko‘rsatdi. Bemorlar 2020-yilning 5-dekabr sanasidan 2021-yilning 31-mart sanasiga qadar preparatning ikkala komponenti bilan emlangan.
"Sputnik V" kuchli allergiya keltirib chiqarmaydi. Oddiy muzlatkichda saqlash mumkin. Narxi bitta inyeksiya uchun 10 dollardan past, bu esa preparatning butun dunyo bo‘yicha cho‘ntakbopligining asosiy omilidir.