Si Szinpin Xitoyni qul qilmoqchi bo‘lganlarning "boshini yorishga" va’da berdi

"Xitoy millati - bu milliy g‘ururi o‘ta kuchli bo‘lgan va o‘ziga ishongan millat", - deb qayd etgan XXR raisi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. XXR raisi Si Szinpin kimda kim Xitoyni qulga aylantirishga urinsa, "o‘z boshini yoradi", deya ma’lum qildi. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.
Xitoy marsoxodining Qizil sayyoraga qo‘nishi – video
Si Szinpin mamlakat aholisi hech qachon boshqa xalqlarga zahmat yetkazmaganini va hamisha adolat tarafida bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.
"Xitoy millati - bu milliy g‘ururi o‘ta kuchli bo‘lgan va o‘ziga ishongan millat", - deb qayd etgan XXR raisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Xitoy xalqi hech qachon tashqi kuchlarga o‘zini siquvga olishga, o‘ziga sitam o‘tkazishga yoki qulga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi, bu ishlarni amalga oshirmoqchi bo‘lganlar esa 1,4 milliard xitoyliklarning jon-tani va qoni bilan bunyod etilgan buyuk po‘lat devorga urilib, boshini yoradi".